«Muzey qanday tuzilgan» deb nomlangan kitobning taqdimoti bo’lib o’tdi

10 mart kuni Politexnika muzeyida «muzey qanday tuzilgan» deb nomlangan kitobning taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotda, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi kengashi raisining o’rinbosari Saida Mirziyoeva, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining ijrochi direktori Gayane Umerova, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov nutq so’zladilar. Ishtirokchilar kitobning mazmun va mohiyatini yosh kitobxonlarga so’zlab berishdi. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin tarix va san’atni o’rganishni bolalar uchun bilim poydevori deb atadi:

«Bugungi kunda, O’zbekistonda Uyg’onishning yangi davri – uchinchi Renessans davriga poydevor qo’yilmoqda, shuning uchun madaniyat va san’atga alohida e’tibor qaratilmoqda. San’at tarixini o’rganish qiyin va uzoq vaqt talab qiladigan mashg’ulot deb hisoblanadi, ammo bolani har doim kattalarning qiziqishi, ajablanishi va zavq-shavqi o’ziga jalb qiladi va buni kafolatlaydigan kitoblar mavjud».

Ma’lumot uchun: kitob muzeylar tarixi haqida bolalar uchun illyustrasiyalarga boy, shuningdek, yosh kitobxonlarni san’at muzeylari va galereyalar olamiga taklif etadi. Rassom David Byom va matn mualliflari Ondrjey Xrobak, Rostislav Korichanek va Martin Vaneklar o’quvchilarni muzeylar tarixi bilan tanishtiradi, ularga muzeyning nima ekanligi, qanday tashkil etilganligi va unda kimlar ishlashi, san’at asarlari qaysi printsipda namoyish etilishi va ko’rgazmalar qanday rejalashtirilishi haqida aytib beradi. Kitobni moslashtirish uchun I.V. Saviskiy muzeyining kollektsiyasidan Aleksandr Nikolaev (Usto mumin), Viktor Ufimtsev, Aleksandr Shevchenko, Nikolay Karaxan, Evgeniy Lisenko, Aleksandr Volkov kabi mashhur rassomlarning asarlari tanlangan.

Bundan tashqari, kitobda Damir Ro’ziboev, Vyacheslav Useinov va Joldasbek Quttimuratov kabi O’zbekiston tasviriy san’atining zamonaviy vakillari asarlari taqdim etilgan.

Kitobni o’zbek tilida qayta nashr etishdan asosiy maqsad – bolalar va o’smirlar o’rtasida milliy muzeylarga borishga qiziqish uyg’otishdir. Tashkilotchilar tomonidan 400 nushadagi kitoblar vazirliklarga beg’araz taqdim etildi. Shu bilan birga Maktabgacha ta’lim vaziriga sohada foydalanish uchun 200 ta kitobga sertifikat topshirildi.