Namanganda oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi

Namangan shahridagi 60-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi Taʼlim sifatini taʼminlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻlimi tomonidan oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi.

Seminar kunning yarmiga qadar Namangan shahri va uning tarkibiga kiruvchi Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlaridagi Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining, kunning yarmidan keyin esa, mazkur hududlardagi Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining metodistlari uchun amalga oshirildi.

Taʼkidlanishicha, 2021-yil davomida viloyatdagi jami 2 ming 565 ta davlat va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga vazirlik tomonidan 132 turdagi 1 million 9 ming 676 dona, 5 milliard 123 million 209 ming 200 soʻmlik didaktik tarqatma materiallar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va oʻyinchoqlar bepul yetkazib berildi.

Seminarda “Oʻyin orqali taʼlim olish”, “Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida taʼlim jarayonini rejalashtirish”, “Kuzatuv va baholash”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim dasturlarini ishlab chiqish”, «Maktabgacha taʼlimda taʼlim jarayonini individuallashtirish. 

Shuningdek, viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan joriy yanvar – «Namangan viloyatida oʻquv-metodik adabiyotlar va didaktik tarqatmali materiallardan samarali foydalanishni oʻrganish oyligi», deb eʼlon qilindi. Shunga koʻra, seminar-treningda egallangan koʻnikma va malakalarni kaskad usulida davom ettirish yuzasidan tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu doiradagi seminar-treninglar viloyatning qolgan tumanlarida joriy oyning 22-yanvar kuniga qadar davom etadi.