Namanganda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2021” Respublika kasbiy koʼrik-tanlovi viloyat bosqichi gʼoliblari eʼlon qilindi.

Tizim tarbiyachilarining kasb mahoratini takomillashtirish, ularning ilgor pedagogik texnologiyalar, xususan, innovatsion usullardan samarali foydalanish boyicha tajribalarini ommalashtirish maqsadlariga qaratilgan ushbu tanlovning dastlabki saralash bosqichlarida qariyb 2 ming 500 dan ziyod mutaxassis ishtirok etdi. Ular “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”, “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarni qollaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi goya muallifi” hamda “Mohir qol ustasi” kabi nominatsiyalar boyicha bahs olib borishdi.

Mazkur jarayonlarda golib chiqqan 75 nafar mutaxassis mamlakat bosqichi yollanmasini qolga kiritish uchun tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etdi. Ularning besh yonalishda bajargan shartlarini talabchanlik bilan baholagan hakamlar hayʼati poytaxtda Namangan viloyati sharafini himoya qiladigan tarbiyachilar nomini aniqlab berdi. Yakuniy xulosaga kora, Toʼraqorgon tumanidagi 11-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Feruza Mamadaliyeva “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”, Pop tumanidagi 14-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Komuna Burxonova “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi”, Chust tumanidagi 51-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Marguba Muxtorova “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qollaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, Chortoq tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Gulgina Abdulina, “Eng yaxshi goya muallifi”, Toraqorgon tumanidagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Nargiza Akbarova “Mohir qol ustasi” nominatsiyasi boyicha golib, deb topildilar.

Ilm- maʼrifat va mahorat namoyishi natijasiga bagishlangan mazkur tadbirda Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boyicha oʼrinbosari Gʼulomjon Murodxojaev qatnashdi. U muhtaram Prezidentimiz tomonidan tamomila qayta isloh etilgan maktabgacha taʼlim tizimining songgi besh yillik samarali faoliyatini eʼtirof etar ekan, mazkur tanlov sohaning sifat tamoyilini yanada yaxshilashga xizmat qilishini taʼkidladi.

Tadbir davomida viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligi Xilola Yusupova golib va sovrindorlarni qizgin tabrikladi. Ularni tanlov diplomlari, tashakkurnomalar va qimmatbaho sovgalar bilan taqdirladi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati