Navoiyda murojaatlar joyida ijobiy hal etilmoqda

Joriy yilning 12 avgust kuni Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʼi vazifasini bajaruvchi Oʼ. Tillaev Zarafshon shahridagi 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ommaviy sayyor qabul oʼtkazdi.

Ushbu sayyor qabulda oʼndan ortiq murojaatlar shu yerning oʼzida ijobiy hal etilib, ayrimlariga huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining tashkilotda mavjud muammolari eshitilib, muhokama etildi va zarur choralar koʼrish boʼyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati