Navoiyda yana bir MTT foydalanishga topshirildi

Nurota tumani Gʻafur Gʻulom nomidagi MFYda 10-sonli davlat MTT foydalanishga topshirildi.


Mazkur 150 oʻrinli MTT Investitsiya dasturi asosida 2 mlrd 575 mln soʻm mablagʻ sarflanib, toʻliq rekonstruksiya qilindi. Hozirda tashkilot davlat taʼlim-tarbiya standartlariga toʻla javob beradi va tarbiyalanuvchilarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash uchun yetarli shart-sharoitlarga ega.


Maʼlumot uchun. Nurota tumanida 84 ta MTT boʻlib, ulardan 19 tasi davlat, 59 tasi oilaviy va 6 tasi DXSH asosidagi MTTlardir. Hozirda tumandagi 3-7 yoshli bolalarning 69,3 %i maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan. Joriy yil soʻngiga qadar bu koʻrsatkichni 72,5 %gacha yetkazish maqsad qilingan.


Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “2021-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4936-sonli Qaroriga asosan 2021-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan 2 ta yangi davlat MTT qurish hamda 8 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan edi.