Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri

Shin Agrippina Vasilyevna – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin 1958-yil 29-dekabrda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy. 1980-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti, hozirgi Muxammad Al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. 2015- 2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi boʻlgan.

Agrippina Shin 2008-yilda “Doʻstlik” ordeni;

2013-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni;

2018-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni;

2019-yilda “Qorqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”;

2020-yilda – Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In tomonidan “Davlatlararo Diplomatik xizmatlari uchun ” ordeni bilan taqdirlangan.

Ish faoliyati:

1980-1986-yillarda – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti ilmiy-tadqiqot laboratoriya katta muhandisi;

1987-1993-yillarda – Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi;

1993-2001-yillarda – Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining oʻquv-ishlab chiqarish ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (2001-y.Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji);

2001-2017-yillarda – Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori;

2017-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda.