Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun gilamlar xarid qilish” boʻyicha tender eʼlon qiladi

Tender № 2021/2

Mahsulot nomi: Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun gilamlar.

Xarid qilinadigan mahsulot nomi, tenderning maksimal qiymati va garov summasi quyidagicha:

Xarid qilinadigan mahsulot nomiSoniTenderning maksimal qiymatiGarov maksimal summasi
Gilamlar (butun Respublika bo’ylab)Xarid qilinadigan tovarlar ro’yxati4484976000,022424880,0

Tender oʻtkazilish manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur xiyoboni, 17-uy, tel.: (90) 126-52-21

Qatnashuvchilarga qoʻyiladigan talablar:

Mahsulot yetkazib berish tajribasiga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) tenderda ishtirok etishlari mumkin.

Tenderning ishchi organi: “VALSTATEX” MCHJ.

Ishchi organ xodimi bilan aloqa raqami:

I. M. Mavlyanova, tel.: (+998 93) 399-33-53 e-mail: info@valstatex.uz.

Tender hujjatlari boʻyicha toʻliq maʼlumotlarni http://xarid.uz/fillingform. portali orqali olishingiz mumkin.

Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati va sanasi: Tender takliflari ishchi organi tomonidan maxsus axborot portalida koʻrsatilgan muddatga qadar qabul qilinadi.

Tender eʼlon qilingandan soʻng ishtirokchi bir donadan tovar namunasi topshirishi kerak. Namuna topshirish manzili: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Oqdaryo koʻchasi 122 uy. Belgilangan muddatga qadar namunalarni topshirmagan ishtirokchilar tenderdan chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya) qilinadi.

Tender taklifini loyihalashga qoʻyiladigan talablar:

– tender ishtirokchisi faqat bitta tender taklifini taqdim etishi mumkin;

– tender taklifiga kiritilgan barcha hujjatlar rus yoki oʻzbek tillarida tayyorlanishi kerak;

– tender taklifi quyidagi manzil boʻyicha taqdim etiladi: 100015, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus koʻchasi, 89-uy, “VALSTATEX” MCHJ. Qabul uchun masʼul Mavlyanov I.M., tel.: (+998 93) 399-33-53.

Tender hujjatlarining elektron versiyasi maxsus axborot portalida joylashtirilgan.