O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari

Muslitdinov Nodir Xojiyevich Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Nodir Muslitdinov 1977 yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek. Oliy maʼlumotli, 1999 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1999 yilda Davlat mulki qoʻmitasining viloyat boʻlimi yetakchi mutaxassisi sifatida boshlagan.

2000-2001 yillarda Buxoro viloyati Moliya boshqarmasining jamlanma byudjet boʻlimining yetakchi iqtisodchisi boʻlgan. 2001-2006 yillarda Moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ishlagan.

2006-2014 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasida oʻz faoliyatini olib bordi.

2014-2016-yillarda-Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasining Madaniyat va sportni moliyalashtirish boʻlimi boshligʻi;

2016-2017 yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish Bosh boshqarmasi boshligʻi muovini;

2017-2019 yillarda-Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish Bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari;

2019-2020-yillar-Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish Bosh boshqarmasi boshligʻi kabi turli rahbar lavozimlarda ishlagan.

2020-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy soha, fan va aholini ijtimoiy muhofaza qilish obyektlarida byudjet siyosati departamenti direktori lavozimida ishlagan.

U tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aholini ijtimoiy muhofaza qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari sohalarida byudjet siyosati departamenti direktori boʻlgan.

Nodir Xojiyevich Muslitdinov
📞 71 207 04 08
📧 n.muslitdinov@mpe.uz


Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati