O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI HAMDA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI RAHBAR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI USTAVINI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh., 2017-yil 21-noyabr, 929-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini tartibga soladi.

2. Vazirlik maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

3. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi.

4. Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.

5. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

6. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi), Vazirlik tarkibiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.

8. Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, qisqartmasi — MTV;

b) rus tilida:

to‘liq nomi — Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — MDO;

v) ingliz tilida:

to‘liq nomi — The Ministry of Preschool Education of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — MoPrE.

2-bob. Vazirlikning tizimi

9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Vazirlikning markaziy apparati;

hududiy bo‘linmalar;

Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;

“Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnali tahririyati;

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari.

3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari

1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari

10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

2) maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

3) bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash;

4) zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish;

5) maktabgacha ta’lim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

6) zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

7) maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish;

8) maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar, shu jumladan, to‘laqonli va ratsional, muvozanatli, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishni ta’minlashga, asoslangan tibbiy ko‘rsatmalar bilan belgilanadigan hajmlarda va intensivlikda ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirishga yo‘naltirilgan shart-sharoitlar yaratish;

9) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish.

11. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

yagona davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga doir takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

Vazirlik tizimiga kiradigan maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;

maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari sifatli bajarilishini ta’minlash borasida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, maktabgacha ta’lim tizimi mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni tashkil etadi;

maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;

tarbiyalanuvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini hamda ularning o‘zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ilmiy-texnik taraqqiyotdan, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, o‘quv dasturlari, darsliklar uzluksiz takomillashtirilishini tashkil etadi;

shu jumladan, axborot texnologiyalarini va moliyaviy nazoratning e’tirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish yo‘li bilan idoraviy mansub ta’lim muassasalarida budjet qonunchiligi buzilishi profilaktikasi va uning oldini olishga qaratilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;

rivojlanish tenedensiyalari va istiqbollarini belgilaydi, maktabgacha ta’limning holatini qiyosiy tahlil qiladi;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘i faoliyat ko‘rsatishining ta’lim bilan bog‘liq va ijtimoiy samaradorligini tahlil qiladi, uni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;

jurnallar, blankalar, o‘quv-metodik komplekslar, byulletenlar nashr etilishini va Vazirlik tizimi faoliyatiga taalluqli bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalari e’lon qilinishini, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti ishini tashkil etadi;

2) maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:

maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi;

idoraviy mansub ta’lim muassasalarida binolar va inshootlardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtiradi;

ta’mirlash-tiklash, qurilish ishlarini, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarini kuz-qish fasliga tayyorlash bo‘yicha ishlarni, maktabgacha ta’lim muassasalari binolari va inshootlarining joriy ish holatini saqlashni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

maktabgacha ta’lim muassasalarining ehtiyojlarini aniqlaydi va har yili ularni jihozlash (qayta jihozlash) dasturlarini ishlab chiqadi;

manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritilgan maktabgacha ta’lim obyektlarida har yili olib boriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining tizimli monitoringini olib boradi;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’naviy-axloqiy va intellektual saviyasini oshirish maqsadida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni oshirish va maktabgacha ta’lim sohasidagi muammolarni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganilishini tashkil etadi;

maktabgacha ta’lim tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi, maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar va hamkorlik o‘rnatadi;

3) bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash sohasida:

fuqarolarning maktabgacha ta’limdan foydalanishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim muassasalari bazasida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha har xil muqobil modellarni ishlab chiqadi;

maktabgacha ta’lim tizimi faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishining dolzarb va istiqbolli ehtiyojlari tahlil qilinishini tashkil etadi;

maktabgacha ta’limning amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlari va umumta’lim maktablarining 1-sinfi dasturi uzviyligini amalga oshirish masalalarida idoraviy mansub muassasalarga rahbarlik qiladi;

raqobatlashuvchi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

maktabgacha ta’lim tizimiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalarida ko‘maklashadi,

konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni tashkil etish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini keng targ‘ib qiladi;

bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etish ko‘lamlarini kengaytirish maqsadida aholi orasida axborot targ‘ibotini amalga oshiradi, shu jumladan, ruhiy-pedagogik ma’rifat bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha moslashuvchan, muqobil modellarni rivojlantirish maqsadida hududiy boshqaruv organlarida, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida prognozlashtirish bo‘yicha axborot-tahlil ishlari o‘tkazilishini ta’minlaydi;

davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish masalalarida manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga metodik yordam beradi;

4) zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish sohasida:

maktabgacha ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etishni rag‘batlantiradi va muvofiqlashtiradi;

maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalarini tahlil qiladi;

milliy mustaqillik g‘oyasiga, boy milliy madaniy-tarixiy merosga, milliy urf-odatlarga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy barkamol yosh avlod tarbiyasining samarali tashkiliy va pedagogik shakllari hamda usullarini ishlab chiqadi;

o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi;

zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, samarali shakllar hamda usullardan foydalanib, shu jumladan, tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishda ular bilan yakka tartibdagi ishlarni ta’minlashga ko‘maklashadi;

ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kamol toptirish borasidagi zamonaviy xalqaro tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;

maktabgacha ta’lim sohasida mutaxassislarning xalqaro tajribasini o‘rganish maqsadida o‘quv safarlarini tashkil etadi;

5) maktabgacha ta’lim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash sohasida:

o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik adabiyotlarni pedagogika amaliyotiga joriy etish ustidan nazorat qiladi;

ilg‘or pedagogika texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-metodik komplekslarni yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlar bilan ta’minlashni tashkil etadi;

bolalarni yot g‘oyalardan himoya qilish, ularning ma’naviy dunyosini oshirish, milliy va jahon adabiyotini targ‘ib qilish maqsadida bolalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashadi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi;

maktabgacha ta’lim tizimining jurnallarida Vazirlikning metodik tavsiyalari va buyruqlarini nashr etish orqali ilmiy-metodik axborotni yoyishga ko‘maklashadi;

qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar namunalarini ishlab chiqadi va ularning ko‘paytirilishini tashkil etadi;

bolalar badiiy adabiyotlarini, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni, didaktik o‘yinlar va o‘yinchoqlarni yaratish bo‘yicha nashriyotlar, tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

6) zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida:

maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi monitoringini olib boradi;

maktabgacha ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;

pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga maktabgacha ta’lim sohasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga ko‘maklashadi;

maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni professional tayyorlash amalga oshiriladigan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxatini belgilaydi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;

7) maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish sohasida:

maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlaydi;

har yili oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish borasida maktabgacha ta’lim sohasida takliflarni shakllantiradi;

o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqishga, pedagogik texnologiyalarni maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga istiqbolli joriy etishga ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini, pedagogik jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi;

maktabgacha ta’lim sohasida mutaxassislarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha kasb mahorati tanlovlari o‘tkazadi, tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi;

ta’lim, ilmiy-tadqiqot, xorijiy va xalqaro tashkilotlar ishtirokida uzoq muddatli dasturlar, loyihalar, rejalarni ishlab chiqadi, ularni bajarish bo‘yicha asosiy talablarni belgilaydi;

8) maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish sohasida:

jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sohasida maktabgacha yoshdagi bolalarni kamol toptirishda ruhiy-pedagogik va tashkiliy sharoitlarni ta’minlaydi;

maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy-kommunikativ, bilishni rivojlantirish, nutq, o‘qish va yozishga, chet tilining dastlabki asoslariga tayyorlash, badiiy-estetik va musiqiy tarbiya sohasida to‘laqonli kamol toptirishni ta’minlaydi;

bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqadi, bolalarning psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni turli to‘garaklar bilan qamrab olish bo‘yicha tizimli faoliyatni tashkil etadi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining to‘laqonli, oqilona, muvozanatlashgan, sog‘lom ovqatlanishini ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini har xil yo‘nalishlardagi to‘garaklarda shug‘ullanishga jalb etish strategiyasini ishlab chiqadi;

9) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish sohasida:

maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini muvofiqlashtiradi;

bolalarning hayoti va salomatligini himoya qilish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarga rahbarlik qiladi va ularni muvofiqlashtiradi;

maktabgacha ta’lim muassasalari tibbiyot xodimlarining malakasi muntazam oshirilishiga ko‘maklashadi.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.

2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari

12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;

2) davlat ta’lim talablari takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida ta’lim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish;

3) o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va nashr etish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;

4) bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reabilitatsiya qilishni tashkil etish;

5) maktabgacha ta’lim muassasalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

6) Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;

7) hududiy bo‘linmalarda va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish;

8) idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash.

13. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;

2) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlaydi;

3) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi vaziri (keyingi o‘rinlarda Vazir deb ataladi) va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi;

4) Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;

5) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;

6) maktabgacha ta’limni rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga ko‘maklashadi;

7) Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;

8) boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida maktabgacha ta’lim tendensiyalari to‘g‘risida Vazirlik rahbariyati uchun axborotni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;

9) maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;

10) Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi;

11) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi;

12) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda o‘ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini ta’minlaydi;

13) davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

14) nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

15) o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi va metodik ishlarni tashkil etadi;

16) maktabgacha ta’lim va tarbiya sifati monitoringini olib boradi;

17) maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;

18) maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

19) maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;

20) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;

21) Vazirlik tizimi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida va hududiy bo‘linmalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;

22) maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;

23) maktabgacha ta’lim muassasalarining binolari va inshootlaridan joriy foydalanish bo‘yicha ishlar monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;

24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

25) xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi.

3-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari

14. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;

3) maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

4) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarida o‘quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

5) maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

6) nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirishda maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlash;

7) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarida, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish.

15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;

2) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;

3) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;

4) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

5) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘linmalarining metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi;

6) nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

7) nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

8) viloyat darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;

9) davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

10) maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat talablarini bajarish monitoringi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari harakatlarini muvofiqlashtiradi;

11) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;

12) maktabgacha ta’lim muassasalarining binolari va inshootlarini joriy ta’mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;

13) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

14) vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

4-§. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari

16. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

2) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish;

3) maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’lim sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;

4) maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

5) maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash;

6) nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish;

7) tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish.

17. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;

2) idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;

3) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;

4) maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

5) nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

6) nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;

7) tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;

8) maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etadi;

9) maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi;

10) davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;

11) davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;

12) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

13) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari vakolatiga tegishli bo‘lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi.

4-bob. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining huquqlari hamda javobgarligi

1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi

18. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;

Vazirlikning va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

Vazirlik vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

o‘z vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni birgalikda qabul qilish;

Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini ular tomonidan tegishli sohada ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;

o‘z vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

Vazirlik faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, shuningdek, sahifalar yaratish;

o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hay’at majlislarida davlat maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan ijro etilishi yuzasidan ularning faoliyatini o‘rganish;

maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb va istiqbolli muammolarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish;

maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat talablarini, o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va materiallarni takomillashtirish;

noshirlik faoliyatini amalga oshirish.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

19. Vazirlik:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.

2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi

20. Vazirlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha materiallar va ma’lumotlarni Vazirlikning hududiy bo‘linmalaridan va idoraviy mansub tashkilotlaridan so‘rash va olish;

Vazirlikda ko‘rib chiqiladigan maktabgacha ta’lim masalalarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;

Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan o‘zlari tomonidan kiritilgan maktabgacha ta’lim bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;

Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;

Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;

maktabgacha ta’lim sohasida davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi bo‘yicha hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini o‘rganish;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish huquqiga ega.

Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

21. Vazirlikning markaziy apparati:

hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining ishini tashkil etish;

Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan maktabgacha ta’lim sohasidagi buyruqlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan o‘tkazilishi;

maktabgacha ta’limni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.

3-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining huquqlari va javobgarligi

22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy bo‘linmalaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;

maktabgacha ta’lim sohasining eng muhim muammolarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;

davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini o‘rganish;

maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;

bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari bo‘yicha nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Vazirlikning hududiy organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash;

Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning hududiy organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida maktabgacha ta’lim sohasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;

maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi.

4-§. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarining huquqlari va javobgarligi

24. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar) bo‘linmalaridan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;

davlat dasturlarini va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish;

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;

bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish huquqiga ega.

Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

25. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari:

maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

maktabgacha ta’lim sohasida dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;

maktabgacha ta’lim masalalariga doir takliflarni tayyorlash va maktabgacha ta’lim masalalari yuzasidan tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;

tumanlarda (shaharlarda) maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.

5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari

26. Quyidagilar Vazirlikning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) Vazirlikning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq maktabgacha ta’lim sohasida prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

5) maktabgacha ta’lim masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish;

7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

8) maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqib Vazirlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

10) maktabgacha ta’lim tizimi mutaxassislarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

11) maktabgacha ta’lim tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;

12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

13) faoliyat sohasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;

14) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

15) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qo‘yish);

16) Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

17) o‘z o‘rinbosarlari va hududiy bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

18) Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

19) Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini ta’minlash;

20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

21) Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlar va davlat maktabgacha ta’lim muassasalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

22) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali maktabgacha ta’lim sohasida davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

25) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

26) markaziy apparat va hududiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomni, Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

27) Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

28) Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;

29) Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni doirasida tasdiqlash.

27. Quyidagilar Vazir o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

2) Vazir vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) maktabgacha ta’lim sohasida mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;

6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

8) Vazirlik hay’ati, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

10) maktabgacha ta’lim sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Vazir tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirig‘iga binoan ishtirok etish;

11) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;

12) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

14) maktabgacha ta’lim sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, maktabgacha ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;

15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;

16) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

17) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

18) maktabgacha ta’lim sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;

19) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

28. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) tegishli tarkibiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

4) prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

6) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;

9) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

10) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Vazir o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

Oldingi tahrirga qarang.

11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish), uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;

12) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;

13) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

14) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

15) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

17) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;

20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

29. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonun hujjatlari va Vazirlik buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) hududiy bo‘linmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

5) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

6) maktabgacha ta’lim sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy bo‘linmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy bo‘linmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;

8) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

9) Vazirlik hududiy bo‘linmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy bo‘linmalar kadrlar zaxirasini shakllantirish;

10) Vazir nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy bo‘linmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

11) hududiy bo‘linmalar xodimlarini, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;

12) hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;

13) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy bo‘linmalar tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

14) prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy bo‘linmalar tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;

15) hududiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

16) hududiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

17) Vazirlikning tuman (shahar) bo‘linmalari va hududiy bo‘linmalar tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;

20) hududiy bo‘linmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;

21) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.

30. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

2) tuman (shahar) bo‘linmasiga rahbarlik qilish;

3) faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;

4) davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

6) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) maktabgacha ta’lim sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

8) tuman (shahar) bo‘linmasida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi rahbarlariga, ularning o‘rinbosarlariga takliflar kiritish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, tuman (shahar) bo‘linmasida kadrlar zaxirasini shakllantirish;

9) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tumanlarda (shaharlarda) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

10) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

11) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida takliflar kiritish;

12) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.

6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi

31. Vazir:

1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;

3) ushbu Nizomning 26-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

32. Vazir o‘rinbosarlari:

1) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;

3) ushbu Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

33. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari;

1) tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;

3) ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

34. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi rahbarlari:

1) hududiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining javobgarlik sohalari bo‘yicha;

3) ushbu Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

35. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari:

1) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarining javobgarlik sohalari bo‘yicha;

3) ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish.

1-§. Vazirlik rahbariyati

36. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.

Vazir o‘z maqomiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi.

37. Vazirning uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.

38. Vazirning birinchi o‘rinbosari va boshqa o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

39. Vazir bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.

40. Quyidagilarni:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — Vazir bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan;

hududiy bo‘linmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda Vazir tomonidan amalga oshiriladi.

41. Vazir Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.

42. Vazir Vazirlik markaziy apparati boshqarmalari va bo‘limlari, hududiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi

43. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.

Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilib:

1) topshiriqlarni hududiy organlarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

2) Vazirlikning hududiy organlariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

3) Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

4) Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi;

5) Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ko‘radi;

6) Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;

7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.

44. Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:

1) Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida ma’lumot beradi;

2) maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;

3) ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;

4) o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

5) maktabgacha ta’lim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Vazirlikning markaziy apparatiga yuboradi;

6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida axborot beradi;

7) vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida xabar beradi.

45. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Agar ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u bo‘yicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.

3-§. Vazirlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi

46. Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Vazirlikning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolati doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

47. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.

48. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiradi hamda uning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan mutasaddilik qilinadi.

4-§. Vazirlik hay’ati

49. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), Vazir o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

50. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rgan holda hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

maktabgacha ta’lim sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam ko‘rib chiqish;

joylarda maktabgacha ta’limning dolzarb masalalari muhokama qilinishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqlidir.

51. Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

52. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

53. Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

54. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrini xabar qilishi mumkin.

55. Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.

8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari

56. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi lozim.

57. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.

58. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:

Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.

Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli qonun hujjatlarida belgilanadi.

9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish

59. Vazirlik quyidagi manbalardan:

Vazirlik markaziy apparati hamda Maktabgacha ta’lim rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutini moddiy-texnik ta’minlash va xodimlar mehnatiga haq to‘lash — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga;

hududiy bo‘linmalar, ularga tegishli bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari — mahalliy budjetlar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

60. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.

Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi.

61. Vazirlik xodimlariga oylik ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan iborat.

10-bob. Vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berishi

62. Vazir Vazirlikning faoliyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.

63. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.

64. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.

11-bob. Yakunlovchi qoida

65. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qaroriga
2-ILOVA

Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining

USTAVI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Ustav Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlarini tartibga soladi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Institut O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, maktabgacha ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatadi.

3. Institutning rasmiy nomi:

a) davlat tilida: to‘liq nomi — Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, qisqartmasi — MTMRMQTMOI;

b) rus tilida: to‘liq nomi — Institut perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii rukovoditeley i spetsialistov doshkolnix obrazovatelnix uchrejdeniy, qisqartmasi — IPPKRSDOU;

v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Institute for Retraining and Advanced Training of Preschool Education Personnel and manager, qisqartmasi — IRATPEPM.

4. Institut tinglovchilari kunduzgi o‘qish, masofaviy o‘qitish shakllarida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda o‘qitiladi.

5. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Ustavga amal qiladi.

6. Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

7. Institut ta’lim muassasasi sifatida maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, ushbu yo‘nalishda o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi.

2-bob. Institutning vazifalari va funksiyalari

8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:

maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

o‘quv-tarbiya jarayoniga, xususan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

maktabgacha ta’limning milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallari, badiiy adabiyotlari sifati va mazmunini yanada boyitish, o‘yin va o‘yinchoqlar sonini ko‘paytirish;

maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish;

o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha rahbarlar va mutaxassislar ko‘nikmalarini mustahkamlash va maktabgacha ta’lim sifatini baholash;

xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan shunga o‘xshash xalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

xorijiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilarini jalb qilgan holda malaka oshirish va ilg‘or tajribani almashish uchun qisqa muddatli seminarlar tashkil etish.

9. Institut unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish sohasida:

o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish hamda maktabda o‘qishga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash orqali bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni tubdan oshirish, har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy kamol toptirish maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlari malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va maqsadga yo‘naltirilgan kurslarni tashkil etish;

mutaxassislik bo‘yicha va maktabgacha ta’limni boshqarish sohasida rahbarlar va mutaxassislarning bilimlarini oshirish;

maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtirish, davlat dasturlari va variativ dasturlarni ishlab chiqish;

maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va o‘quv-metodik ishlar olib borish, ta’lim menejmenti bo‘yicha yuqori malakali pedagog-mutaxassislarni tayyorlash;

ilmiy-texnik rivojlanish, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib tarbiyalanuvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini, shuningdek, ularning o‘zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olib, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat talablari, o‘quv dasturlari va darsliklar uzluksiz takomillashtirilishini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash;

maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini va uni amalga oshirish mexanizmlarini yanada rivojlantirishni nazarda tutadigan takliflarni Vazirlikka kiritish;

davlat ta’lim standartlari hamda kasbga doir bilim va ko‘nikmalarga qo‘yilgan talablar asosida mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari uchun qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;

ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash mazmuni va sifatini takomillashtirishga, xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlikka kiritish;

b) o‘quv-tarbiya jarayoniga, xususan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish sohasida:

ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olgan holda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalanish orqali maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarni, o‘quv-metodik va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani, shuningdek, jahonning eng yaxshi ta’lim muassasalari yutuqlarini umumlashtirish asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etish;

rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ta’lim jarayonining yuqori darajasini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarga intilishni, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini va ijodiy mahoratni rivojlantirish;

v) milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar sifati va mazmunini yanada boyitish, o‘yin va o‘yinchoqlar sonini ko‘paytirish sohasida:

o‘quv dasturlari, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar tayyorlash va nashr etish hamda ularni pedagogika amaliyotiga joriy etish jarayonini qo‘llab-quvvatlash;

ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy o‘quv-metodik komplekslarni yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik ta’minlash;

milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va yoshlikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

darsliklar, o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishda metodik yordam ko‘rsatish;

bolalarni buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy va jahon adabiyotini targ‘ib qilish maqsadida ularning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun o‘yinlar va o‘yinchoqlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

g) maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish sohasida:

o‘qitishning zamonaviy shakllarini, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta’lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatish;

o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga, bolalar va pedagoglar iste’dodlarini, qobiliyatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar (konferensiyalar, forumlar, musobaqalar, ko‘rgazmali olimpiadalar, seminar-treninglar, tanlovlar) tashkil etish;

pedagoglarning o‘z sohasini bilishini rivojlantirish va oshirishda o‘qitishning interaktiv va zamonaviy usullarini, metodik materiallarni, metodik yordam ko‘rsatishning samarali shakllarini ishlab chiqish, sinab ko‘rish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish;

maktabgacha ta’lim muassasalarida xonalar, sport zallari va maydonlari, asbob-uskunalar va kompyuter texnikasini ekspluatatsiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish;

qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini (aralash, masofaviy, yakka tartibda o‘qitish, “ustoz-shogird” va boshqa shakllarini) joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish;

har xil metodik materiallar tayyorlash, pedagogik va ilmiy-metodik axborotni umumlashtirish va tarqatish, ilmiy-metodik jurnallar, gazetalar, metodik to‘plamlar va qo‘llanmalar nashr etish;

davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va dasturlarni, darsliklar va o‘quv-metodik materiallarni o‘rganish hamda muhokama qilish, takliflar kiritish va Institutning ilmiy-metodik kengashida xulosalar qabul qilish;

d) o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni nazorat qilish bo‘yicha rahbarlar va mutaxassislar ko‘nikmalarini takomillashtirish va ta’lim sifatini baholash sohasida:

o‘quv-tarbiyaviy jarayonni va metodik faoliyat holatini o‘rganish, nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha rahbarlar va mutaxassislar uchun o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish hamda nazorat qilishga doir metodik ko‘rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish;

maktabgacha ta’lim muassasalari sifatini baholash materiallarini, natijalarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqish;

metodik materiallarni tayyorlash va davlat ta’lim standartlari talablarini o‘zlashtirish ustidan monitoring olib borishda ishtirok etish;

aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha metodik materiallarni ishlab chiqish, bolalar va pedagoglarning ta’lim ehtiyojlarini aniqlashda metodik yordam ko‘rsatish;

e) xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan shunga o‘xshash xalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish sohasida:

xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish;

konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish, shunga o‘xshash xalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

maktabgacha ta’lim sohasida milliy va xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda sheriklik faoliyatini yuritish.

3-bob. Institutning huquqlari

10. Institut unga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

ta’lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlikka kiritish;

maktabgacha ta’lim mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy asarlar to‘plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik ko‘rsatmalar hamda qo‘llanmalar tayyorlash va nashr etish;

aholiga, turli tashkilotlarga pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va asosiy faoliyatga zid bo‘lmagan faoliyatning barcha turlarini amalga oshirish;

kafedralar va bo‘limlarni o‘zgartirish, yangilarini tashkil etish va mavjud kafedra va bo‘limlarni tugatish, tasdiqlangan shtat jadvali doirasida shtat birliklarini bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga o‘tkazish bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritish;

professor-o‘qituvchilar tarkibiga, boshqa xodimlarga belgilangan tartibda rag‘batlantiruvchi ustamalar tayinlash;

Institut xodimlarini yuksak mehnat ko‘rsatkichlari uchun davlat va idoraviy mukofotlar bilan mukofotlash to‘g‘risida Vazirlikka takliflar kiritish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha faoliyat sifatini va samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;

hamkorlik doirasida mualliflik ishlarini ishlab chiqishga tajribali mutaxassislar, pedagoglar va xodimlarni jalb qilish (zarur bo‘lsa shartnomalar asosida);

qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq o‘quv dasturlariga tuzatishlar kiritish;

o‘z vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

xorijlik tajribali pedagog-mutaxassislarni jalb qilgan holda ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlari malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan kurslar tashkil etish;

xodimlarni o‘qitish, seminarlar va konferensiyalarda qatnashish uchun xorijga tajriba almashish va innovatsion pedagogika texnologiyalarini va ilg‘or metodikalarni o‘rganish bo‘yicha tajriba orttirishga yuborish;

maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb va istiqbolli vazifalarni hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlarda ishtirok etish;

o‘z faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish.

Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish

11. Institut o‘z faoliyatida bevosita Vazirlikka bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.

12. Institut ishlariga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi.

13. Quyidagilar Institut rektorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Institut faoliyatiga, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarali tashkil etilishiga umumiy rahbarlik qilish;

tashkilotlar bilan Institut nomidan xo‘jalik shartnomalari tuzish, Vazirlikda Institut manfaatlarini ifodalash, shuningdek o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish;

Institut Ilmiy-metodik kengashi tavsiyalari asosida o‘quv-mavzu rejalari, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlash;

o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqarish va ishonchnomalar berish;

xodimlarni rag‘batlantirish, intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish;

qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yilgan davlat talablari, o‘quv rejalari va dasturlar, boshqa o‘quv-metodik hujjatlarning o‘quv jarayoniga joriy etilishini ta’minlash;

Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni muvofiqlashtirish;

tinglovchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish, Institutning o‘quv-metodik va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

Institut ichki tartib qoidalarini tasdiqlash hamda ushbu qoidalar xodimlar va tinglovchlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;

jamoada sog‘lom ma’naviy va ijodiy muhitni shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rish.

Institut rektori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarga ham ega bo‘lishi mumkin.

14. Institutda o‘quv-metodik ishlarga o‘quv va metodik ishlar bo‘yicha prorektor, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlarga — ma’naviy va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, moliya-iqtisodiy ishlar bo‘yicha — moliya-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor rahbarlik qiladi.

Prorektorlar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.

15. Faoliyatning asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun Institutda rektor raisligida Ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi.

Ilmiy-metodik kengash tarkibi Institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga prorektorlar, kafedralar va bo‘limlar rahbarlari, shuningdek, yetakchi professorlar va o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.

Ilmiy-metodik kengash qarorlari rektorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

Ilmiy-metodik kengash raisi va kotibi kengash qarorlari bajarilishining muntazam ravishda monitoringini olib boradi va qabul qilingan qarorlar ijrosi to‘g‘risida kengash a’zolariga hisobot beradi.

Ilmiy-metodik kengash a’zolari kengash majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlar to‘g‘ri va aniq bajarilishi uchun javob beradi.

Ilmiy-metodik kengashning ish tartibi Institutning yillik ish rejasiga muvofiq tashkil etiladi.

16. Quyidagilar Ilmiy-metodik kengashning vazifalari hisoblanadi:

Institut, uning kafedralari va bo‘limlari rejalari va hisobotlarini ko‘rib chiqish, Institut faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘quv ish rejalari va kurslar dasturlarini, tavsiyalarni muhokama qilish;

Institut ilmiy-metodik va tashkiliy ishlarining asosiy yo‘nalishlarini ta’minlash va belgilash, samarali qayta tayyorlash va malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish;

qayta tayyorlash va malaka oshirishning davlat talablari, o‘quv rejalari va dasturlar bajarilishini ko‘rib chiqish;

Institut kafedralari va bo‘limlarini ochish, ularning faoliyatini o‘zgartirish va tugatish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish;

Institut doktorantlari va izlanuvchilari bilan menejment (ta’limni boshqarish) bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borish;

darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlarni e’lon qilish masalalarini ko‘rib chiqish;

Institutni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlash.

5-bob. Institutni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish

17. Institut O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

18. Institut xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.

19. Institut xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan ustamalar va qo‘shimcha haqlar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi.

20. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institut xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari hisoblanadi.

6-bob. Yakunlovchi qoida

21. Institutni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.