O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Кorrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori mazmun-mohiyati


Joriy yilning 6 iyulida «Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida»
gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
2021 yil 1 oktyabrgacha korrupsiya, manfaatlar to’qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

2021 yil 1 oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo’lga qo’yiladi.
2021 yil 1 avgustdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e’lon qilinadi.

Davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibi ishlab chiqiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yil 1 dekabrdan har yil yakuni bo’yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e’lon qilib boriladi.
2021 yil 1 dekabrgacha daromad va mol-mulk deklarasiyalari bo’yicha ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
2021 yil 1 oktyabrgacha davlat mablag’lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o’tkaziladigan tanlovlar «shaffof qurilish» tizimi ma’lumot almashinuvini ta’minlagan holda davlat xaridlari bo’yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.
2022 yil 1 yanvargacha avtomobil yo’llari sohasiga tegishli ma’lumotlarni o’z ichiga oladigan «SHAFFOF YO’L» onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab «halollik vaktsinasi» tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha o’qitiladi.