Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi

Kamolov Shuxrat Jamoldinovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogik kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi.

Kamolov Shuxrat 1980-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2003-yilda Muqimiy nomli Qoʻqon davlat pedagogika institutini va 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot tamomlagan va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistranti boʻlgan.

1999-2003-yillarda – Fargʻona viloyati Muqimiy nomli Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi;

2003-2003-yillarda – Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar Qizil Yarim Oy jamiyatida Yoshlar markazi hamda Xalqaro insonparvarlik huquqi boʻyicha koordinator;

2003-2004-yillarda – Namangan viloyati Pop maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining ingliz tili fani oʻqituvchisi;

2004-2006-yillarda – Namangan viloyati xalqaro “Mersy Corp-Uzbekistan” tashkilotining “Barakot” mikromoliyaviy dasturida katta kredit xodimi;

2006-2007-yillarda – Yevropa ittifoqi va Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining Fargʻona viloyatida loyiha eksperti;

2007-2011-yillarda – Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi          “Kadrlar va marketing” boʻlimi mutaxassisi;

2011-2013-yillarda – Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi “Rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va ularni malakasini oshirish” shoʻbasi mudiri, “Oʻzbekiston-Shveysariya «Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasining Namangan viloyati eksperti;

2013-2017-yillarda -Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi “Rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va ularni malakasini oshirish” shoʻbasi

bosh mutaxassisi;

2017-2019-yillarda – Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi kadrlar boʻyicha inspektori;

2019-2021-yillarda -Namangan viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi kadrlar boʻyicha inspektori;

2021-yildan hozirga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogik kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi;

✅Kamolov Shuxrat Jamoldinovich

📞(71) 207-04-08 (820)

📧pedstaff@mpe.uz