Puchon Universiteti qabul komissiyasi sirtqi bo’limga abituriyentlar qabulini o’tkazadi

2021-yil 22-noyabrdan 10-dekabrgacha Toshkent shahridagi Puchon Universiteti qabul komissiyasi sirtqi bo’limga abituriyentlar qabulini o’tkazadi.

Fakultet nomiShartnoma summasiO’qish muddatiTa’lim tili
1Maktabgacha ta’lim1 100  $3 yilrus/ o’zbek
2Arxitektura1 400  $4 yilrus/ o’zbek
3Biznes boshqaruvi1 400  $4 yilingliz

Qabul shartlari:

  • Sirtqi bo’limida kirish imtihonlari o’tkazilmaydi. 
  • Reyting attestat/diplom baholariga qarab tuziladi. Bir xil baholar yig’ilgan holatda, ustunlik ko’proq ish tajribasiga ega bo’lgan nomzodlarga beriladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Pasport nusxasi;
  2. O’rta ma’lumot to’g’risidagi attestat/diplom nusxasi;
  3. Attestat/diplom baholar ilovasi nusxasi; 
  4. Ish beruvchining tavsiyanomasi (tashkilot blankida, matn erkin shaklda);
  5. Mehnat faoliyati to’g’risidagi ЕНСТ (YMMT) dan ko’chirma;
  6. 3×4 rasm;
  7. 100.000 so’m ro’yxatdan o’tish to’lovi.

Muhim: Hujjatlardan tashqari abituriyentlar tegishli sohada kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak. 

Hujjatlarni qabul qilish shartlari:

  1) o’rta ma’lumotning mavjudligi;

2) tanlangan yo’nalish bo’yicha ish tajribasining mavjudligi;

3) tanlangan yo’nalish bo’yicha joriy bandlik.

Hujjatlarni topshirish tartibi:

Hujjatlarni topshirish offline va online tarzda amalga oshiriladi.

Hujjatlarni offline topshirish uchun ushbu manzilga kelishingiz mumkin: Toshkent, Chilonzor tumani, 17-mavze, Qatortol-2 ko’chasi, 38А uy (sobiq Y.Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji, mo’ljal: shahar bojxonasi, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti).

Qabul vaqti: dushanba – shanba, 10:00 – 17:00.

Hujjatlarni online topshirish uchun: 

  • universitet saytida (www.bucheon.uz) telefon raqamni tasdiqlash;
  • shaxsiy kabinetda ariza to’ldirish va barcha kerakli hujjatlarni yuklash;
  • ro’yxatdan o’tish to’lovini bank, “Apelsin” ilovasi orqali yoki Universitetda amalga oshirish;
  • shaxsiy kabinetga to’lov kvitansiyani joylashtirish.

Universitet xodimlari muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tganligi to’g’risida abituriyentga xabar beradi.

Arizalarni online yuborish jarayoni 24 soat ishlaydi.

Yuborilgan hujjatlarni ko’rib chiqish dushanbadan shanbagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.

Darslarning otkazilish tartibi:

Darslar yanvar va iyun oylarida offline tarzda o’tadi (3 haftadan, dushanbadan jumagacha).

O’qishni tugatish va diplom.

Sirtqi bo‘limda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga Toshkent shahridagi Puchon Universitetining bakalavr diplomi beriladi.

Savollar bo’yicha qabul komissiyasiga murojaat qiling: +998781504002, +998951963601.