Puchon universitetining ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi

2021yil 27 avgust kuni Toshkent shahridagi Puchon universiteti o‘zining ilk bitiruvchilariga bakalavr darajasidagi diplomni o‘z egalariga topshirdi.
Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb tan olingan, belgilangan namunaviy Koreya Respublikasi Puchon universiteti, shuningdek Toshkent shahridagi Puchon universiteti diplomlarini oldilar.
Ma’lumot uchun: Toshkent shahridagi Puchon universiteti 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi 3821-sonli Farmoniga asosan tashkil yetilgan. Universitetda o‘qitish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:

1. Maktabgacha ta’lim-kunduzgi bo‘limi.

2. Maktabgacha ta’lim-kechki bo‘limi.

3. Koreys tili va menejmenti.

4. Arxitektura.

Ta’lim muassasadagi o‘quv jarayoni universitetning Koreya Respublikasi Puchon universitetining professorlari, hamda O‘zbekistondagi yetakchi pedagoglar tomonidan olib boriladi.

2021 yilda universitetni 393 nafar bitiruvchi bitirmoqda, shu jumladan:

Maktabgacha ta’lim fakulteti (kunduzgi bo‘lim) – 193;

Maktabgacha ta’lim fakulteti (kechki bo‘lim) – 172;

Koreys Tili va menejmenti fakulteti-28.

Shuningdek, Koreys tili va menejment fakulteti «2+2» tizimi bo‘yicha ta’lim olgan talabalar Associate Bachelor degree diplomlarini oladilar. Dastlabki ikki yil davomida talabalar Toshkentdagi Puchon universitetida tahsil olib, Associate Bachelor degree darajasini oladilar. Shundan so‘ng talabalarga Koreyadagi Puchon universitetida o‘qishni davom ettirish yoki Toshkentda o‘qishni yakunlash imkoniyati beriladi. Associate Bachelor degree darajasining asosiy afzalligi bu daraja olgan talabaga keyingi ta’limni tanlash imkonini beradi.

Talaba Associate Bachelor degree darajasiga erishish uchun o‘qishni davom ettirishi yoki bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan sohada ish boshlashi mumkin. Masalan, Aqsh, Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda Associate Bachelor degree darajasiga ega bo‘lgan yoshlar o‘z sohasida professional muvaffaqiyatlarga erishib, mehnat qila boshlaydilar va rivojlana boshlaydilar. 2021 yilda Bu yo‘nalishda 90 nafar talaba o‘qishni tamomlaydi, ulardan 23 nafari Koreyada o‘qishni davom ettiradi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Shin Agrippina Vasilevna, vazir o‘rinbosari Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich va A. I. Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali rektori Vasiliy Aleksandrovich Popov, hamda filial ijrochi direktori Qaxramon Tanzilovich Olimov, shuningdek talabalar va ota-onalar qatnashishdi.

O‘z nutqida, “Avvalo, sizlardan «Maktabgacha ta’lim» yo’nalishi bo’yicha diplom olganlarga murojaat qilmoqchiman, aynan siz O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim darajasini oshirish bo’yicha asosiy vazifani hal qilishingiz kerak bo’ladi.”-dedi vazir Shin Agrippina Vasilevna.

Tadbirga kelgan mehmonlar tomonidan bitiruvchilarga tantanali ravishda diplom topshirilib, ularning kelgusi faoliyatiga omadlar tilandi. Talabalarning yorqin chiqishlari davraga o‘zgacha fayz ulashdi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati