Qashqadaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Furkat Pirmatovich Narmatov – Qashqadaryo viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi

Furkat Pirmatovich Narmatov 1977-yilda Qarshi shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 1999-yilda Fargʻona davlat universitetini sirtdan tamomlagan.

1999-2000-yillarda “Kamolot” yoshlar jamgʻarmasi Qashqadaryo viloyati umumiy boʻlim mudiri vazifasida ishlagan.

2000-2003-yillarda Qashqadaryo viloyati Tarmoq kasaba uyushma qoʻmitasi yoʻriqchisi sifatida oʻz faoliyatini olib bordi.

2003-2011-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tizimida samarali faoliyat yuritib, Kengash raisi oʻrinbosarigacha boʻlgan bosqichni bosib oʻtdi.

2011-2012-yillarda Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati Kengashi tashkiliy ishlar boʻlimi bosh mutaxassisi;

2012-2016-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi;

2016-2017-yillarda “Oʻzbekkino” milliy agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimi direktori;

2017-2017-yillarda Qarshi shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari;

2017-2019-yillarda – Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi;

2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Oʻzbekiston yosh huquqshunoslar Kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan.

U tayinlangunga qadar Qarshi shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy sohani rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan.

✅Normatov Furqat Pirmatovich
📞(98) 777-69-77
📧narmatov77@list.ru
📧qarshimtb@exat.uz