Rasmiy munosabat

Samarqand viloyati Samarqand shahrida joriy yilning 4 oktyabr kuni soat 14:30 da Samarqand shahridagi Bogʻdod koʻchasida joylashgan 27-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti oshxonasining tom qismida yongʻin roʻy bergan.

Yongʻin kelib chiqishi sababi, binoning tom qismidan oʻtgan elektr tarmogʻida qisqa tutashuvi oqibatida sodir boʻlgan, voqea joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv guruhi yetib borib, yongʻin bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida, faqat oshxonasi tom qismining 25 kv.m. maydoni yongʻindan zarar koʻrgan. Binoning ichki qismiga zarar yetmagan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq, tashkilotning barcha tarbiyalanuvchilari va pedagog-xodimlari binodan oʻz vaqtida evakuatsiya qilingan.

Moddiy zarar miqdori 25-30 mln soʻmni tashkil etmoqda.