Salomatlik alifbosi 6- ko’rsatuv «Autizm»

Bugungi kunda 67 milliondan ortiq autizmli bolalar yashamoqda, 160 nafar bolalardan biri autizm spektri bilan kasallangan.Autizm sindromli bola har xil rivojlanadi va aloqa muammolari, g’ayrioddiy xatti-harakatlari, cheklangan qiziqishlari bilan ajralib turadi. Albert Eynshteyn, Motsart, Charlz Darvin, Isaak Nyutonda ham Autizm belgilari kuzatilgan. Ota-onalar qanday belgi va alomatlarni kuzatishi mumkin? Erta tashxis qo’yish, samarali terapiya va keng qamrovli tibbiy va psixologik reabilitatsiya yordamida bolalar o’zlarining jamiyatdagi imkoniyatlarini amalga oshira oladi.