Shaxmat musobaqasi boʻlib oʻtdi

Bugun, 23-dekabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlari oʻrtasidagi shaxmat musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqaga M.Toshmatov va I.Mirxosilov hakamlik qildi.

Musobaqa koʻtarinki ruhda kechdi. Gʻolib deb topilgan xodimlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mazkur musobaqada ayol xodimlar orasidan:

1-oʻrin U.Ziyayevaga;

2-oʻrin N.Umirzakovaga;

3-oʻrin Sh.Teshaboyevaga.

Erkak xodimlar orasidan:

1-oʻrin A.Abdusalomovga;

2-oʻrin S.Xodjiyevga;

3-oʻrin Sh.Kamolovga nasib etdi.