Sifatni oshirishga qaratilgan islohot

Barchamizga ma’lumki, har bir rahbar kadr o’z ustidan muntazam ravishda ishlamasa, o’zini rivojlantirish yo’lida sa’y-harakatlarni amalga oshirmasa, zamon talabidan yiroqlashadi. Aynan shu masalada maktabgacha ta’lim sohasida barcha hududiy rahbar xodimlarni lavozimga kompetentligi yuzasidan isloh qilish jarayoni vujudga keldi. Ko’pchilikka sir emas so’nggi to’rt yilda sohada bolalar qamrovi 60 foizdan oshdi, Mttlar soni 18 126ga etdi, bularning zamirida avvalom bor Davlat rahbarining siyosatlari yotibdi.
Davr talabi bo’yicha hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini ko’paytirish, tarbiyalanuvchilarning yanada qamrovini kengaytirish va ularga beriladigan ta’lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari dolzarbligini e’tiborga olgan holda, bir qator ishlar amalga uchun zarur chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Ammo, tan olishimiz kerakki chekka hududlarda hamon qamrov darajasi past, shu bois, tumanlarning olis va chekka hududlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari barpo etilishi rejalashtirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida qurish, zamonaviy jihozlar va qo’llanmalar bilan ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya sifatini talab darajasiga ko’tarish lozim. Bu borada hududlardagi har bir rahbar xizmat majburiyatlarini amalga oshirishda sustkashlikka yo’l qo’ymasdan, o’z ustida ishlashi, malakasini oshirib borishi, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to’laqonli bajarishi shartligi belgilangan. Aynan shu maqsadda, vazirlik tomonidan viloyat va tuman rahbarlarini o’z lavozimlarida vaqtincha vazifani olib borish mas’uliyati yuklatilyapti. Nega degan savol tug’iladi? Bunda har bir rahbar xodim, ishlab turgan lavozida yanada shijoatkorlik, yuklatilgan vazifasidan kelib chiqib, yangi g’oyalar va tashabbuslar bilan sohani rivojlantirishga qaratilgan dasturlar yaratilishi ko’zda tutilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, hududlardagi har bir rahbar xodimlar maktabgacha ta’lim sohasidagi o’zgarishlarga munosib hissasini qo’shishi maqsadida o’z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirilib, mas’uliyatni sezgan holda o’z lavozimiga loyiqligini oshkoralik va shaffoflikka rioya qilgan holda, xalqning ishonchini oqlashi hamda faoliyatining samarasi va natijadorligiga erishishi talab etilmoqda.