Sirdaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Dustov Davron Zulxaydarovich — Sirdaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Dustov Davron Zulxaydarovich 1987-yil 25-noyabrda Jizzax viloyati Zomin tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, 2010-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2010-yilda Oʻzbekistondagi Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi(UNDP) Zomin internet resurs markazida koordinator-administrator lavozimidan boshlagan. 2012-2013-yillarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar Xalq taʼlimi muassasalarini faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimida oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruh rahbari lavozimida ishlagan.

2013-2017-yillarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar XTMFMTTEB tasarrufidagi 1-umumtaʼlim maktabida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari vazifalari faoliyat yuritgan.

2017-2019-yillarda Sirdaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2019-yildan hozirga qadar Sirdaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

✅ Dustov Davron Zulxaydarovich
📞(99867) 225-39-59, 225-38-34
📧sirdaryo.vmtb@mdo.uz