Taʻziya

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent shahar 560-sonli davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori Dilrabo Sultonovaning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Dilrabo Sultonova ajoyib inson, isteʼdodli pedagog, mohir tashkilotchi sifatida tanilgan edi. Uning kasbiy mahorati, malakasi va yosh avlodni tarbiyalashdagi fidoyiligi hurmatga sazovordir.

Dilrabo Sultonova “Alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashda nafaqat bilim, malaka va tajribaga egalik, balki ularni «his” eta olish muhimdir. Men oʻz ish faoliyatimda ularning rivojlanishlaridagi alohida oʻziga xosliklarni boricha “qalbdan his etaman” va barcha insonlarni shunga undayman», degan tamoyil asosida ishlagan.

Dilrabo Sultonovaning yorqin xotirasi qalbimizda mangu qoladi.