Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshligʻi v.v.b.

Ismatov Ibroxim Shaxriyorovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshligʻi v.v.b.

Ismatov Ibroxim 1973-yilda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 1995-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

1995-1997-yillarda – Chiroqchi tumani 59-maktab oʻqituvchisi;

1997-1998-yillarda – Chiroqchi tumanidagi 59-maktabining oʻquv tarbiya ishlari boʻyicha direktori oʻrinbosari;

1998-2002-yillarda – Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti aspiranti;

2002-2008-yillarda – Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti aspirantura va doktorantura boʻlimi katta inspektori;

2008-2009-yillarda – Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari shoʻbasi bosh nazoratchisi;

2009-2009-yillarda – Xalq taʼlimi vazirligi Kadrlar tayyorlash ularning malakasini oshirish hamda ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi yetakchi nazoratchisi;

2009-2013-yillarda – Xalq taʼlimi vazirligi Pedagog kadrlar tayyorlash ularning malakasini oshirish hamda ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh nazoratchisi;

2013-2016-yillarda – Xalq taʼlimi vazirligi Pedagog kadrlar tayyorlash ularning malakasini oshirish hamda ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi;

2016 -2017-yillarda- Toshkent shahar xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori;

2018-2018-yillarda – Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori;

2018-2019-yillarda – Xalq taʼlimi vazirligi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi;

2019-2019-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oliy taʼlimni rivojlantirish Dasturi monitoringi boʻlimi boshligʻi;

2019-2020-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oliy taʼlimda islohotlarni amalga oshirish monitoringi boshqarmasi boshligʻi;

2020-2021-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalqaro reyting, indekslar boʻyicha faoliyatni amalga oshirish va islohotlar monitoringi boshqarmasi boshligʻi;

2021-2021-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi;

2021 – yildan hozirga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshligʻi v.v.b.

✅Ismatov Ibroxim Shaxriyorovich
📞(71) 207-04-08 (850)
📧education@mpe.uz