Toshkent shahridagi Puchon universiteti 2021-2022-o‘quv yili uchun qo‘shimcha qabulni boshlaydi

2021-yil 27-sentyabr kuni Toshkentdagi Puchon universitetida ta’lim olishni istagan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish boshlanadi.

Fakultetlardagi o‘qitish tizimi, shartnoma qiymati

Maktabgacha ta’lim (3 + 1)

Yiliga 2,200$

1) Toshkentda 3 yillik o‘qish tugallangandan so‘ng Bucheon University in Tashkent bakalavr diplomi va Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree bakalavr darajasi beriladi;

2) Talaba o‘z istagiga binoan Koreyada o‘qishini davom ettirishi va 4 kursni tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomini olishi mumkin.

Koreys tili va menedjment (2 + 2)

Yiliga 3,300$

1) Toshkentda 2 yillik o‘qish. Uning natijasiga ko‘ra 1 ta diplom beriladi: Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree bakalavr darajasi;

2.1) Agar talaba o‘qishni Toshkentda davom ettirishga qaror qilsa, u holda uchinchi va to‘rtinchi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng, Bucheon University in Tashkent bakalavr diplomi beriladi;

2.2) Agar talaba Janubiy Koreyada o‘qishni davom ettirishga qaror qilsa, 3 va 4 kurslarni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomi beriladi.

Arxitektura (3 + 1)

Yiliga 3,300$

1) Toshkentda 3 yillik o‘qish. Uning natijasiga ko‘ra 1 ta diplom beriladi: Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree bakalavr darajasi;

2.1) Agar talaba to‘rtinchi kursni Toshkentda davom ettirishga qaror qilsa, uni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng Bucheon University in Tashkent bakalavr diplomini oladi;

2.2) Agar talaba Janubiy Koreyada o‘qishni davom ettirishga qaror qilsa, uni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomiga ega bo‘ladi.

To‘lov talaba qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shu kungi kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasi

Hujjatlarni qabul qilish 2021-yil 27-sentyabrdan 7-oktyabrgacha davom etadi.

Hujjatlarni oflayn tarzda quyidagi manzil bo‘yicha topshirish mumkin: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 17-mavze, Qatortol-2 ko‘ch, 38-A uy bino (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji, mo‘ljal: shahar bojxonasi, Singapur menedjmentni rivojlantirish universiteti). Qabul soatlari dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Onlayn topshirish uchun:

Universitet veb-saytida (www.bucheon.uz) telefon raqamni tasdiqlash,

Shaxsiy kabinet orqali anketani to‘ldirib, barcha kerakli hujjatlarni biriktirish,

Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovni universitetda yoki “Apelsin” ilovasi orqali amalga oshirish mumkin
To‘lov amalga oshirilgani haqidagi kvitansiyani shaxsiy kabinetga biriktirish.

Universitet hodimlari ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarni bundan xabardor qiladilar.

Arizalarni onlayn yuborish 24 soat davomida ishlaydi. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlar to‘plamini taqdim etishlari shart:

  1. Diplom (attestat) nusxasi;
  2. Pasport nusxasi;
  3. www.bucheon.uz saytida onlayn shaklda to‘ldirilgan ariza;
  4. 3×4 hajmdagi 1 ta fotosurat
  5. 250 000 so‘m miqdordagi ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov

Qabul komissiyasiga doir savollar bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qiling: +998781504002, +998951963601

Kirish imtihonlari 2021-yil 11-oktyabrdan 15-oktyabrgacha Toshkentdagi Puchon Universiteti o‘qituvchilari abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazadilar.

Saralash bosqichlari natijalari 2021-yil 16-oktyabr kuni abituriyentning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.