Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining kasallangan tarbiyalanuvchilarini salomatlik holati yuzasidan kunlik maʼlumot

Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi to‘g‘risida maʼlum qiladi.


Joriy yilning 19 avgust 16:00 soat xolatiga: tibbiyot muassasalarida jami 9 tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining xolati o‘rta og‘ir, 5 nafar bemorning xolati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda, 1 nafar bolaning xolati qoniqarli.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha maʼlumot beriladi.


Аvvalroq tibbiyot muassasalariga 30 nafar tarbiyalanuvchi qabul qilingani, bugungi kunga kelib 21 nafar tarbiyalanuvchi uyiga ruxsat berilgani haqida xabar beramiz.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati