Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining kasallangan tarbiyalanuvchilarini salomatlik holati yuzasidan kunlik maʼlumot

Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi
5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi yuzasidan (2021 yilning 17 avgust holatiga) quyidagilarni maʼlum qiladi:

Bugungi kunda tibbiyot muassasalarida jami 12 tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining holati o‘rta og‘ir, 8 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda, 1 nafar bolaning holati qoniqarli.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berib boradi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati