Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kasallangan tarbiyalanuvchilarini salomatlik holati yuzasidan ma’lumot

Maktabgacha ta’lim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining intoksikasiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi to‘g‘risida ma’lum qiladi.

Joriy yilning 23 avgust 16:00 soat xolatiga: bugun bemor bolalardan qo‘shimcha 2 nafari qoniqarli ahvolda uylariga ruxsat berildi;

tibbiyot muassasalarida jami 5 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 1 nafarining holati og‘ir, 1 nafarining holati o‘rta og‘ir, 3 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati