Uch bosqichli kaskad usulida pedagoglarni kompetentsiyalarini rivojlantirish.

Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021 yil 18-maydagi 88-sonli buyrugʼiga asosan 2021 yil yakuniga qadar 20 mingdan ziyod maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini qamrab olgan holda hududlarda uch bosqichli kaskad usulida pedagoglarni kompetentsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan boʼlib, ushbu maqsadda 26-29 may kunlari Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida maktabgacha taʼlim tizmining hududlardagi 28 nafar katta tajribaga ega pedagoglari trenerlar sifatida tayyorlandilar.


Oʼz navbatida ushbu trenerlar hududlarda yana 414 nafar trenerlarni tayyorlaydilar va birgalikda respublikamizning barcha tuman (shahar)larida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun seminar treninglar tashkil etadilar.
Mazkur seminar treninglarni tashkil eitshdan maqsad maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllari, oʼqutishning zamonaviy va ilgʼor usullari hamda yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonga joriy etish, pedagoglarning kasbiy kompetentsiyalarini yanada oshirishdir.


Seminar trening kursining oxirida ishtirokchilar taqdimot ishlarini namoyish qildilar. Oʼzlashtirgan bilimlarni, oʼzlarining kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish malakalariga egaliklarini, pedagogning intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlari va kreativlik mohiyatini, oʼqitishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish, oʼz ish faoliyatlarini tashkil etish, faollashtirish borasida bilim, koʼnikma va malakalariga ega boʼladilar. Bugungi kun maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogiga qoʼyilayotgan talablarning mazmun va mohiyati ham anglanilib, har bir ishtirokchi test ham topshirdi. Mazkur qisqa muddatli kurs maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglarning kasbiy kompetentligini va kreativligini oshirishga erishish imkoniyatini yaratdi.