“Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi

10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Joriy yil madhiya qabul qilinganligiga roppa-rosa 29 yil toʻldi.

Shu munosabat bilan Maktabgacha taʼlim vazirligida “Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.

Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan tadbirni Maktabgacha taʼlim vaziri Agripinna Shin ochib berdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti orkestri tomonidan davlat madhiyasi ijro etildi. Madhiyaga vazirlik xodimlari joʻr boʻlishdi.

Shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari Z. Alimardonov hamda Gʻ. Ismatillayevning maʼruzalari tinglandi va universitetning “Alvon bereti” jamoasi tomonidan kuy ijro etildi.