1 iyun nafaqat Xalqaro bolalarni himoya qilish, balki Butunjahon ota-onalar kuni hamdir!

Maktabgacha ta'lim tizimi uchun bu eng muhim sanalardan biri hisoblanadi. O‘tgan yillari biz ushbu sanaga bolalar va ota-onalar uchun alohida tadbirlar tashkil etar edik.

Bu yil esa ma'lum holatlar tufayli rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritishimizga to‘g‘ri kelmoqda va biz bolajonlarni tabiat qo‘yniga, istirohat bog‘lari va o‘yin maydonchalariga chorlay olmayapmiz. Bu yil bolajonlarimiz uchun multfilm qahramonlari bilan birgalikda yayrab o‘ynash, o‘zaro musobaqalashib, mukofotlarga ega bo‘lish imkonyati chegaralangan. Havfsizlik choralari tufayli ular uyda bo‘lishlari lozim. Ammo, hatto shunday holat ham, biz bu kunni bayram sifatida nishonlashimizga xalaqit bera olmaydi!

Maktabgacha ta'lim vazirligi "UzReport" telekanali, Xalq ta'limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab onlayn-loyiha o‘tkazmoqda.

1- iyun soat 10.00 da "UzReport" telekanalida loyihamizni tomosha qiling!