O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi barchangizni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!

Bolalar sevgi va g‘amxo‘rlik muhitida voyaga yetishlari, davlatimiz va ota-onalarining qo‘llovida ulkan orzulari sari ilk qadamlaridayoq muvaffaqiyatlarga erishishlarini tilaymiz.

Har bir bola qayerda bo‘lishidan qat'iy nazar o‘zini xavfsiz his qilsin, ko‘zlari baxt-saodatdan porlasin, har bir yangi kun esa qiziqarli va mehrga to‘la bo‘lsin!

Farzandlarga bo‘lgan mehr-muhabbat, ota-onalar hayotini yangi ma‘no va shodlik bilan limmo-lim to‘ldirsin ,ular qalbini ajoyib hislar bilan boyitib, ko‘ngillariga ilhom baxsh etsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!