Diqqat qiling Iste’dodli bolalar va ularning ota-onalari!

12-23 iyul kunlari biz «AQLVOY bilan kuyla» fleshmobini o’tkazmoqdamiz.

Buning uchun darhol telefoningizni qo’lingizga oling, video tugmachani bosing va «Aqlvoy» telekanalining madhiyasini kuylang.

Videoni instagram sahifangizga joylashtiring. Bizni @aqlvoy deb belgilashni ham unutmang. Shuningdek, videolarni ijtimoiy tarmoqlarimiz messenjerlariga (Direct, messenjer, telegram) yuborishingiz mumkin.

#aqlvoybilankuyla xeshtegidan foydalaning.

Eng yaxshi va kreativ videolardan telekanalimiz madhiyasiga videoklip yaratishda foydalaniladi!

Fleshmobning asosiy maqsadi bolalarimizning iste’dodlarini namoyish etish va ularning musiqaga bo’lgan qiziqishini oshirishdir.

Aziz ota-onalar! Siz ham ushbu imkoniyatdan foydalanib, ishtirok etishingiz mumkin. Videolaringizni yuboring. Bolalarga namuna bo’ling))

Eslatma: videoroliklarni iloji boricha yuqori sifatli, jonli ijroda va maksimal kreativlikka e’tibor bergan holatda yuborishingizni so’raymiz!

Video ijtimoiy tarmoqlarimizga joylashtiriladi.

Bu sizning iste’dodingizni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat. Vaqt ketdi …

https://www.youtube.com/watch?v=9UDXNzmgWwA