“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirishda oila-mahalla-maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligi va uning samaradorligini yanada oshirishda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning roli” mavzusida Respublika onlayn konferensiyasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent viloyati bo‘limi va Toshkent viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamkorligida “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirishda oila-mahalla-maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligi va uning samaradorligini yanada oshirishda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning roli” mavzusida Respublika onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari Muhammadjon Quronov, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mirgazieva Zuhra Turaevnalar ishtirok etishdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki mazkur konferensiya hamkor tashkilotlar uchun tarixiy kun desa ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent viloyati bo‘limi va Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolanadi. Mazkur Memorandum respublika maktabgacha ta’lim tizimida ilk bor imzolanmoqda.