Xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshligʻi

Ziyamov Nizomiddin Shaxobitdinovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb qilish boshqarmasi boshligʻi.

Ziyamov Nizomiddin 1978-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, tarix fanlari nomzodi. 1999-yilda Toshkent davlat universitetida bakalavr va 2001-yilda Oʻzbekiston milliy universitetida magistr darajasini olgan. Shuningdek, 2002-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetida aspirantura va 2006 doktorantura bosqichini tamomlagan.

1999-1999-yillarda — Toshkent shahar Mirobod tumani 110-sonli umumtaʼlim maktabi tarix fani oʻqituvchisi;

2008-2008-yillarda — “Delovoy gorod media” MCHJ boʻlim boshligʻi;

2008-2013-yillarda — “To the point” MCHJ bosh direktori;

2013-2014-yillarda — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi;

2014-2015-yillarda — “Yangi fazo asri” MCHJ direktori;

2015-2016-yillarda — “Bounty Land” MCHJ direktori;

2016-2017-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi;

2018-2018-yillarda — “Taraqqiyot strategiyasi” markazi loyiha rahbari;

2018-2018-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;

2018-2019-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi;

2019-2020-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi;

2020-2020-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Hududiy rivojlanish tahlili, strategiyasi va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi;

2020-2021-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Statistika boʻlimi boshligʻi;

2021-yildan hozirgi vaqtga qadar— Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb qilish boshqarmasi boshligʻi.

✅Ziyamov Nizomiddin Shaxobitdinovich

📞(71) 207-04-08 (720)

📧international@mpe.uz