XIVАDА MАKTАBGАChА TА’LIM TIZIMI TАKOMILLАSHMOQDА

Bugungi kunda taʼlimning boshlangʼich eng muhim boʼgʼini hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirish yurtboshimiz olib borayotgan siyosatning asosiy boʼgʼinlaridan biriga aylangan. Jumladan, tizimni isloh qilish hamda takomillashtirish maqsadida Prezidentimizning qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi. Аyniqsa, “Oʼzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Qaror bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovini taʼminlash, maktabgacha taʼlim muassasalarini zamonaviy oʼquv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan toʼldirishga imkon yaratdi desak, aslo mubolagʼa boʼlmaydi. Shuningdek, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilindi. Buning isbotini birgina Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari misolida koʼrish mumkin. Tumandagi 3-7 yoshli bolalar soni 13 070 nafarni tashkil etgan boʼlsa, shundan 50,6 foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan edi. Qurbon hayiti arafasida yangi MTTlar ochilishi hisobiga qamrov koʼrsatkichi 52,9 foizga yetdi. Bu esa, yoʼnalishda islohotlar keng koʼlamda olib borilayotganidan dalolatdir.
Xiva tumanidagi “Chinobod” mahalla fuqarolar yigʼinida maktabgacha taʼlim tashkilotlari yetarli boʼlmaganligi bolalar va ota-onalar uchun noqulayliklar tugʼdirayotgan edi. 120 oʼringa moʼljallangan davlat xususiy sherikchilik asosidagi asosidagi “Kichkintoy binafsha” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilishi mazkur mahallada istiqomad qiluvchilar uchun chinakam quvonchga aylandi. Bu yerda 333 nafar maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar boʼlib, avvallari ularning 15 foizi MTTga qamrab olingan edi. Endilikda bu koʼrsatkich 51 foizgacha oshdi. Shuningdek, “Shayx Najmiddin Kubro” mahallasida 3 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochilib, “Doshyoq” va “Serchali” mahallalaridagi 33-son hamda 22-son maktablar hududida “АQLVOY” bekatlari tashkil etildi. Shu oʼrinda mobilь maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tashkil etilgani ham hududdagi qamrovga sezilarli taʼsir koʼrsatganini aytish oʼrinli. Samarali ishlar natijasida, har bir mahallada qoʼshimcha 48 nafardan bolajonlar maktabgacha taʼlimga jalb etib kelinmoqdalar.

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati