Xorazm viloyatining Xiva, Yangiariq, Hazorasp va Bog’ot tumanlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lmagan, olis va chekka aholi manzillarida «mobil guruhlar» bolalar bilan to’ldi.

Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar bilan shakllantirilgan guruhlarda didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o’yin va o’yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bor. Ilg’or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, bolalarning intelektual, ma’naviy estetik va jismoniy kamol topishi uchun sharoitlar yaratish ko’zlangan.

Guruhlarni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirish va ularni boshlang’ich ta’limga tayyorlash asosiy maqsad. Maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini rivojlantirish ko’zlangan. Bir mobil guruhidagi bolalar soni qayta jihozlangan avtobusning ko’zda tutilgan xarakteristikasidan kelib chiqqan holda kamida 16 nafar, ko’pi bilan 30 nafar bo’lishi lozim.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati