Xotirani qanday yaxshilash mumkin?

Ko‘p ota-onalar shifokorlarga xotirani rivojlantirish usullari yuzasidan savol bilan murojaat qilishadi. Avvalo, esda tuting: mustahkam xotira bolangizning rivojlanishiga yordam beradi.

Birinchidan bolangiz xotirasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlab olishingiz kerak bo‘ladi. Kimdir o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan narsani yaxshiroq eslab qoladi(xotiraning vizual turi), boshqa birov eshitganini yaxshi o‘zlashtirishadi(eshituvchi xotira turi), yana kimdir esa doimiy eslatib turilgan(xotiraning motor turi) ma’lumotni yodidan chiqarmaydi.

Ma’lumotni uzoq vaqt xotirada mustahkam eslab qolish uchun, avvalambor, undagi asosiy nuqtalarni (asosiy ta’riflar, birinchi bo‘lib aqlga keladigan yetakchi formulalar) topib, o‘sha so‘zga urg‘u berish lozim. Qolaversa, diagramma, jadval, rasm va rejalar tuzib, bolakay ongida yodlanayotgan narsaning tasvirini yaratish ham ancha yordam beradigan usullardandir.