Yangi Hayot tumanining «Yangi Choshtepa»sida birorta burchakka ega boʻlmagan maktabgacha taʼlim tashkiloti quriladi.

Koʻrib turganingiz, ushbu 480 oʻrinli va noodatiy koʻrinishga ega boʻlgan bino yaqin fursatda Toshkent shahar Yangi hayot tumani «Yangi Choshtepa» mahalla fuqarolar yigʻinida qad koʻtaradi.

Eʼtiborli tarafi, loyihaga koʻra birorta ham burchakka ega boʻlmagan bino va uning xonalari shunday tuzilganki,bolajonlarning bir mashgʻulotdan boshqasiga oʻtish uchun bino boʻylab harakatlanishlari, yorugʻlikning toʻgʻri taqsimlanishi, xonalar intererining bir-birini takrorlamasligi, hammasi odamni hayron qoldira oladigan darajada boʻladi va chet tillarini oʻrgatishga ixtisoslashadi.