«YANGI O‘ZBEKISTON» saytida biz!

🖊 “S board” mobil dasturi ishga tushiriladi.
🏫 Ilovani onlayn do‘konlarida bepul yuklab olish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan eng yaxshi innovatsion taʼlim dasturlarini yurtimiz sharoitiga jalb etish va moslashtirish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi Koreyaning “Edulink” kompaniyasi bilan birgalikda “S board” mobil taʼlim dasturini ishga tushiradi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi. 

Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. 

Mobil dastur platformasida yaratish va joylashtirish orqali maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, raqamli hisobot shakliga bosqichma-bosqich o‘tish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ota-onalarga o‘zaro ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan. 

Matematika asoslari, o‘zbek tili va boshqa chet tillarini o‘qitish uchun o‘quv videokliplarining “S board” dasturiy taʼminoti doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Mobil dastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya Davlat standarti hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq aniq amalga oshiriladi. 

Maʼlumot uchun, “S board” ilovasini “Google Play App Store” va “Apple” onlayn do‘konlarida bepul yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Batafsil: 👉 https://yuz.uz/news/s-board-mobil-dasturi-ishga-tushiriladi