Yangiyoʻl tumanida joylashgan 19-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻrganish ishlari olib borilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning murojaatiga asosan bugun Yangiyoʻl tumani “Qoʻshyogʻoch” mahallasida joylashgan 19-sonli 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Ishchi guruhga Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari N.Muslitdinov boshchilik qilmoqda.

Ushbu MTT “Orion stroy montaj” MChJ tomonidan 3 , 180 milliard soʻmga qurib bitkazishi belgilangan edi. Ammo bino sifatsiz qurilgani aniqlanib, MChJ rahbariyatiga barcha kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 hafta muhlat berildi.