Yoshlarga eng yaxshi loyihalar uchun 49 million so‘mgacha grant mablag‘lari beriladi

Farmon bilan 2021 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahrida Yoshlar biznes maktabi, 2022 yildan boshlab barcha hududlarda uning filiallari tashkil etiladi.

2021 yil 1 oktyabrdan yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap g‘oyalari tanlovlari tashkil etiladi hamda har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan g‘olibga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi.

Eng yaxshi loyihalarning har biri uchun BHMning 200 baravarigacha grant mablag‘lari beriladi.

2021/2022 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va OTMlarda axborot texnologiyalari darslari Kembrij dasturi asosida o‘tkaziladi.

2021 yil 1 sentyabrdan Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi 5 yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan, shuningdek, olis va chekka hududlarda ishlayotgan sportchi-trenerlarga:

• sport to‘garaklarini tashkil etish uchun tuman va shaharlarda bo‘sh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu ob’yektga nisbatan belgilangan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga beriladi;
• sport inventarlari, buyumlari va jihozlarini xarid qilish uchun subsidiyalar ajratiladi;
• kamida 100 nafar yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishini tashkil etgan taqdirda BHMning 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda har oylik to‘lov joriy etiladi.

2021 yil 1 oktyabrdan har yili “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi tashkil etiladi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan mualliflarga:
➖ birinchi o‘rin uchun – 100 million so‘m;
➖ ikkinchi o‘rin uchun – 75 million so‘m;
➖ uchinchi o‘rin uchun – 50 million so‘m mukofot mablag‘lari ajratiladi.

Asos: PF–6260-son, 13.07.2021 y.

Manba: Adliya vazirligi