Yuridik boshqarma boshligʻi

Buriyev Xurshid Kosimovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarma boshligʻi.

Buriyev Xurshid 1977-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

1998-1999-yillarda – Navoiy viloyati Navoiy shahar prokuraturasining ish oʻrganuvchisi;
1999-1999-yillarda – Navoiy viloyati 9306-sonli maxsuslashtirilgan harbiy qism prokuraturasining katta tergovchisi;
1999-2000-yillarda – Navoiy viloyati Navoiy shahar prokuraturasining katta tergovchisi;
2000-2001-yillarda – Navoiy viloyat prokuraturasi tashqi iqtisodiy faoliyatda korrupsiya, talon-toroj va boshqa suiisteʼmolchiliklarga qarshi kurash boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchisi;
2001-2002-yillarda – Navoiy viloyat prokuraturasi iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi;
2002-2004-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi millatlararo va xalqaro huquqiy munosabatlarda qonunlarni ijrosi ustidan nazorat boʻlimi prokurori;
2004-2007-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xalqaro-huquqiy boʻlim katta prokurori;
2007-2008-yillarda – Samarqand viloyati Samarqand shahar prokurorining oʻrinbosari;
2008-2009-yillarda – Samarqand viloyat prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar boʻyicha katta yordamchisi;
2009-2014-yillarda – Samarqand viloyat prokurorining milliy xavfsizlik va bojxona organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boʻyicha yordamchisi;
2014-2014-yillarda – Samarqand viloyat prokuraturasi soliqqa oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori;
2014-2014-yillarda – Samarqand viloyat prokuraturasi ichki ishlar organlarida surishtiruv, tergov va tezkor qidiruv faoliyati ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori;
2018-2018-yillarda – Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Taʼlim-tarbiya muassasalari bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi;
2018-2018-yillarda – Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kadrlar boʻlimi boshligʻi;
2018-2019-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Axborot-tahlil boʻlimi bosh inspektori;
2019-2019-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi Metodologiya, xavflarni baholash va tipologiyalar boʻlimi bosh inspektori;
2019-yildan hozirga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarma boshligʻi.

✅ Buriyev Xurshid Kosimovich

📞(71) 207-04-08 (838)

📧legal@mpe.uz