Ziroat Mirziyoyeva Nukusdagi “Imkon” reabilitatsion bolalar bog’chasiga tashrif buyurdi

«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nukus shahridagi «Imkon» reabilitatsiya markaziga ega ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi bolalari bilan uchrashdi.

— Bu dargohdagi o‘g‘il-qizlar qanchalik harakat qilib o‘z ustida ishlayotgani, ular erishayotgan yutuqlarni ko‘rib, juda mamnun bo‘ldim. Asosiysi, har bir bolaga alohida yondashuv bor, hech kim eʼtibordan chetda qolmayapti,dedi Ziroat Mirziyoyeva.

Eslatib o’tamiz, Nukusda 2019-yil aprel oyida nogironligi bor bolalar uchun “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega bo’lgan O’zbekistondagi birinchi ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ochilgan.

«Imkon» loyihasining o’ziga xos xususiyati – reabilitatsiya va ta’lim bo’limlarini birlashtirishga qaratilgan kompleks yondashuv, bu har xil nogironligi bor bolalarga yaxlit, maqsadli, individual yo’naltirilgan yordam ko’rsatishga imkon beradi.

Ochilganidan buyon “Imkon” markazida 241 nafar nogironligi bor bolalar qabul qilingan. 2021-yil 1-may holatiga ko’ra, ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga 119 nafar o’quvchi qabul qilindi, ular og’ir eshitish qobiliyati, aqliy zaifligi va tayanch-harakat tizimining buzilishi bo’lgan bolalar uchun guruhlarda ta’lim oladilar. Tuzatish va ta’lim jarayoni natijalariga ko’ra, bolalarning 90,4 foizida ijtimoiylashuv va moslashish sohasida; turli darajadagi motorli ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha 97,8 foizida; nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning 92,3 foizida ijobiy rivojlanish kuzatildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati